🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlarimiz haqida qayg’urib, davlat tashriflari davomida vaqt ajratib har birlari bilan ko’rishib, suhbatlashayotgan bir vaqtda biz – bir guruh yoshlar jamoasi ham kamarbastamiz.
🌎 Xorijdagi yurtdoshlarimizga O’zbekiston nafasi, yurtimizda bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarni kun-u tun yetkazib borish maqsadida Yer sayyorasining istalgan nuqtasidan tomosha qilsa bo’ladigan turli janrlardagi 10 ta tele- va radiokanallarni ishga tushirishga muvaffaq bo’ldik.
🎬 Yurtboshimiz ko’p marotaba ta’kidlayotgan milliy kontentni rivojlantirishga e’tibor qaratish maqsadida “Biz Media” (https://bizmedia.uz/app) platformamiz o’zbek tilidagi oilaviy ko’rishga mo’ljallangan manfaatli milliy kino, serial va novellalarimiz bilan boyitilmoqda.
✈️ Nafaqat Vatandan uzoqda bo’lganlar uchun, hamyurtlarimiz uchun ham sifatli va kerakli kontentlarni ishlab chiqib, taqdim etishda, shuningdek, chet elliklarga ham ularning tilida milliy kontentimizni yetkazishda davom etamiz.
🎂 Biz siz bilanmiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!