SARTAROSHlikni ham KATTA BIZNESga aylantirish mumkin! | "Men kimman?"

Опубликовано: 18 Октябрь 2021
на канале: Biz TV
53,358
1.4k

🎬 "Men kimman?" ko'rsatuvining 2-mavsum 9-soni.
✂️ 26 yoshli "Otabek Polatov" akademiyasi asoschisi - sartarosh, barber Otabek Po‘latov.
💵 Oylik daromadi: 6000-7000$.

00:00 - Anons
01:15 - Bu sohaga qanday kirib kelgansiz?
02:12 - Sohangizni qanday ta'riflaysiz?
02:27 - Qanday insonlar sohangizda muvaffaqiyat qozonishi mumkin?
04:41 - Sartarosh, stilist va barberning farqi nimada?
03:08 - Sartaroshning bir oylik daromadi qancha va bu nimaga bog'liq?
03:31 - Sohangizda zamon bilan hamnafas bo'lish qanchalik muhim?
04:03 - Kasbingiz orqali nimalarga erishdingiz?
04:53 - Sartaroshdan yana qanday xislatlar talab etiladi?
05:33 - Malakali sartarosh bilan malakasiz sartaroshning farqi nimada?
06:00 - Bir kunda nechta mijozga xizmat ko'rsatasiz?
06:17 - Kasbingizni salomatlikka salbiy ta'siri bormi?
06:34 - Sohadagi muvaffaqiyatsizlikning eng asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?
06:49 - Ushbu kasbni tanlamoqchi bo'lgan yoshlarga qanday tavsiyalar bera olasiz?
07:12 - Sartarosh qaysi omillarga tayanib o'ziga ishonch hosil qiladi?
07:30 - Sartaroshning shogirdi kerakli bilimni olib boʻlgach, oʻzi mustaqil ravishda mehnat faoliyatini boshlashi uchun unga qanday vositalar va qancha mablag' kerak boʻladi?
08:12 - Bugungi kunda davlat tomonidan sartaroshlarga beriladigan imtiyozlar yoki mukofotlar joriy qilinganmi?
09:03 - Sartaroshlik musobaqalari qay tarzda o'tkaziladi?
10:05 - Sartarosh qanday sharoitda ishlay olmaydi?
10:40 - Jamoaviy ishda ahillik siri nimada deb o'ylaysiz?
11:12 - Yosh bo'la turib bunday katta ishlarga qo'l urishga ikkilanish bo'lmaganmi?
12:34 - Mehnat faoliyatingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?
13.00 - Sizni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlovchilar bormi?
13:16 - "Qo'qondan tajribali sartaroshlar ko'p chiqadi", degan gap bor. Bu qanchalik to'g'ri va nima uchun?
13:47 - Sizga shogird tushishni istaganlarga qanday talablar qo'yiladi?

Turli kasblar haqida qisqa va lo'nda, biroq batafsil ma'lumotlarni berib boruvchi "Men kimman?" dasturining 2-mavsumi yanada qiziqarliroq tarzda bo'ladi. Endilikda sizni qiziqtirgan soha bo'yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarning o'zlaridan intervyu olamiz. Ular o'z kasbi borasida blits usulida beriladigan bizning eng dolzarb savollarimizga javob berishadi; shaxsiy tajribalari, yo'l qo'ygan xatolari va erishgan yutuqlarining sirlarini siz bilan baham ko'rishadi. Bu esa katta hayotga qadam qo'yish arafasida turgan yoshlarni "Kelajagimni qaysi kasb bilan bog'lasam ekan?", degan savoliga javob bo'lishi mumkin. Tengdoshlaringizning samimiy so'zlariga quloq tuting, o'zingiz uchun xulosalar yasang va motivatsiya oling!


✅ Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirilgan.
▶️ "Ijtimoiy Media Loyihalar Markazi" NNT mahsuloti.

#biztv #menkimman #sartarosh