2024 yil 18-sentabr kuni Huawei kompaniyasi raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish va AKT sohasida yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim sohasini oʻzgartirishga moʻljallangan texnologiyalarni muhokama qilish uchun #Huawei ICT Talent Summit taʼlim sessiyasini oʻtkazdi.
#ICTWEEK24 doirasidagi “ICT Talent Summit”da UNESCO TATI bilan hamkorlikda butun Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida o‘tkaziladigan “ICT Competition 2024-2025” AKT tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ishtirok etishga #Huawei AKT Akademiyalari, Oʻzbekistonning barcha universitetlari va AKT yo’nalishlariga ega taʼlim muassasalari talabalari taklif etiladi.
To‘qqizinchi yillik AKT tanlovi ishtirokchilarga o‘z iste’dodlarini jahon sahnasida namoyish etish uchun nufuzli platformani yaratadi.